Renni apelsin

Renni apelsin

Apelsin ta'mli Renni chaynaladigan tabletkalar. Ular me’da hujayralari tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha xlorid kislotasini neytrallashtirishga yordam beradigan antasid preparatlariga taluqlidir. Kislotaning ortiqcha hosil bo’lishi jig’ildon qaynashi rivojlanishiga olib keladi.

 

Maxsus qo’llanilishi

Renni jig’ildon qaynashi va quyidagi simptomlar rivojlanishida qabul qilinadi:

  • Me’da soxasida achishish va/yoki og’riq

  • Ovqat qabul qilgandan so’ng noqulaylik (dispepsiya)

  • Me’dada ovqat to’lib ketishi va og’irlik hissi

  • Nordon kekirish

  • Qiyin va og’riqli ovqat hazm bo’lishi (dispepsiya)

Preparatni 12 yoshdan boshlab qabul qilish mumkin. Standart doza bir vaqtning o'zida 1 yoki 2 tabletkani tashkil etadi: dozani shifokor ko'rsatmasiga ko’ra oshirish mumkin. Tabletkani eriguncha chaynash yoki so'rish kerak. Tabletkani 2 soatdan kechiktirmasdan yana qabul qilishingiz mumkin. Sutkada 11 tabletkagacha qabul qilish joiz. Ehtimoliy homiladorlikda Renni apelsinni qo’llash mumkin.

 

Nojo’ya ta’siri

Tavsiya etilgan dozalarga rioya qilgan holda, preparat yaxshi o’zlashtiriladi, ammo kam hollarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin: toshma, Kvinke shishi, anafilaktik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Buyrak funksiyasi buzilishi bo’lgan pasientlarda preparatni yuqori dozalarda uzoq muddatli qo'llash gipermagniemiya, giperkalsiemiyaga olib kelishi mumkin.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Og'ir buyrak etishmovchiligi, giperkalsiemiya, gipofosfatemiya, nefrokalsinoz, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.

 

Qayerdan sotib olsa bo’ladi?

Siz sotib olish tugmasini bosish orqali dori preparatni tanlash xizmatida Renni mentolni sotib olishingiz yoki buyurtma qilishingiz mumkin. U yerda Renni preparatlari narxlarini ham ko'rishingiz mumkin.

Dorixonalardagi mahsulotlarning yakuniy narxi va miqdorini bevosita shahringizdagi dorixonalardan aniqlashtiring.