Renni®️ apelsin

Renni®️ apelsin

Apelsin ta`mli Renni®️ chaynaladiga tabletkalar. Me`da hujayralari tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha xlorid kislotasini neytrallashga yordam beradigan antatsid hisoblanadi.

Yo’riqnoma

 

Maxsus qo’llanilishi

Renni®️ jig’ildon qaynashi va quyidagi simptomlar rivojlanishida qabul qilinadi:

  • Me’da soxasida achishish va/yoki og’riq

  • Ovqat qabul qilgandan so’ng noqulaylik (dispepsiya)

  • Me’dada ovqat turib qolishi va og’irlik hissi

  • Nordon kekirish

  • Qiyin va og’riqli ovqat hazm bo’lishi (dispepsiya)

Preparatni 12 yoshdan boshlab qabul qilish mumkin. Standart doza bir vaqtning o'zida 1 yoki 2 tabletkani tashkil etadi: dozani shifokor ko'rsatmasiga ko’ra oshirish mumkin. Tabletkani eriguncha chaynash yoki so'rish kerak. Tabletkani 2 soatdan kechiktirmasdan yana qabul qilishingiz mumkin. Sutkada 11 tabletkagacha qabul qilish joiz. Ehtimoliy homiladorlikda Renni®️ apelsinni qo’llash mumkin.

 

Nojo’ya ta’siri

Tavsiya etilgan dozalarga rioya qilgan holda, preparat yaxshi o’zlashtiriladi, ammo kam hollarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin: toshma, Kvinke shishi, anafilaktik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Buyrak funksiyasi buzilishi bo’lgan pasientlarda preparatni yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llash gipermagniemiya, giperkalsiemiyaga olib kelishi mumkin.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Og'ir buyrak etishmovchiligi, giperkalsiemiya, gipofosfatemiya, nefrokalsinoz, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.