YO'RIQNOMA MENTOLLI RENNI ®️
Ro'yxatdan o'tkazilgan raqami: P N012507/01
Preparatning savdo nomi
Renni®.
Guruhlovchi nomlanishi
Kalsiy karbonat + Magniy karbonat.
Dori shakli
Chaynash uchun tabletkalar, chaynash uchun tabletkalar [salqinlatuvchi ta'm].
Ta‘rifi
Oqdan och jigarrang tusli oq ranggacha bo'lgan qavariq sirtli tortburchak , ikki yonida «Renni» o'yma yozuvli, mentol hidli tabletkalar. Kichik dog'chalar mavjud bo'lishi mumkin (chaynash uchun tabletkalar.[chaynash uchun tabletkalar [salqinlatuvchi ta'm]]).
Tarkibi
- 1 tabletka tarkibida
- Faol moddalar: kalsiy karbonat 680 mg, magniy karbonat asosiy 80 mg.
- Yordamchi moddalar: saxaroza 475 mg, oldindan jelatinlangan makkajo'xori kraxmali 20 mg, kartofel kraxmali 13 mg, talk 33,14 mg, magniy stearati 10,66 mg, yengil suyuq parafin 5 mg, mentolli xushbo'ylashtirgich (yalpiz moyi, maltodekstrin, gummiarabik, kremniy dioksidi) 13 mg, limonli xushbo'ylashtirgich (limon moyi, maltodekstrin, suv) 0,2 mg.
- 1 dona chaynash uchun tabletka [salqinlatuvchi ta'm] tarkibida
- Faol moddalar: kalsiy karbonat 680 mg, magniy karbonat asosiy 80 mg.
- Yordamchi moddalar: saxaroza 475 mg, oldindan jelatinlangan makkajo'xori kraxmali 20 mg, kartofel kraxmali 13 mg, talk 33,14 mg, magniy stearati 10,66 mg, yengil suyuq parafin 5 mg, ksilitab 100 (ksilitol (min 95%), polidekstroza) 25,2 mg, salqinlatuvchi xushbo'ylashtirgich (dietilmalonat, maltodekstrin, mentol, metil laktat, modifikatsiyalangan kraxmal E1450, izo-pulegol) 15 mg, mentolli xushbo'ylashtirgich (maltodekstrin, mentol, modifikatsiyalangan kraxmal E1450) 15 mg.
Farmakoterapevtik guruhi
Antatsid vosida
Kod АТK: А02АХ
Farmakologik xususiyatlari
Preparat tarkibida antatsid moddalar — kalsiy karbonat va magniy karbonat mavjud bo'lib, ular oshqozon shirasidagi ortiqcha xlorid kislotasini qisqa vaqt ichida zararsilantiradi va uzoq vaqt neytrallashni ta'minlaydi, shu orqali oshqozon shilliq qavatiga himoyaviy ta'sir ko'rsatadi. Tabletkalarning yaxshi eruvchanligi va kalsiy miqdorining yuqoriligi 3-5 daqiqa ichida ijobiy ta'sirga erishish imkonini beradi.
Farmokokinetikasi.
Rennining me'da shirasi bilan o'zaro ta'siri natijasida oshqozonda eruvchan kalsiy va magniy tuzlari hosil bo'ladi. Ushbu birikmalardan kalsiy va magniyning so'rilish darajasi preparatning dozasiga bog'liq. Maksimal so'rilish darajasi kalsiy uchun — 10 %, magniy uchun esa 15-20 % ni tashkil etadi. So'rilgan kalsiy va magniyning oz qismi buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak funksiyasi buzilganda plazmadagi kalsiy va magniy konsentratsiyasi yuqori bo'lishi mumkin. Ichakda eriydigan tuzlardan erimaydigan birikmalar hosil bo'lib, ular axlat bilan chiqariladi.
Qo'llash uchun ko'rsatmalar
Oshqozon shirasidagi kislota miqdorining ortishi va reflyuksezofagit bilan bog'liq alomatlar: jig'ildon qaynash, nordon kekirish, oshqozondagi davomiy og'riqlar, epigastral sohada to'lish yoki og'irlik hissi, dispepsiya (shu jumladan ovqat, dori-darmonlar iste'molidagi xatoliklar, spirtli ichimliklar, qahva, nikotinni suiste'mol qilish), homiladorlardagi dispepsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Og'ir buyrak yetishmovchiligi, giperkalsiemiya, gipofosfatemiya, nefrokalsinoz, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, saxaroza / izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozaga toqatsizlik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Tavsiya etilgan dozalarda ishlatilganda preparat homila yoki bolaga hech qanday xavf tug'dirmaydi.
Qo'llash usuli va dozalari
Ichga.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: agar shifokor tomonidan boshqacha tavsiya qilinmagan bo'lsa, alomatlar paydo bo'lganda 1-2 tabletka chaynalsin (yoki to'liq eriguncha og'izda saqlansin). Zarurat tug'ilsa preparatni 2 soatdan so'ng takror qabul qilish mumkin. Maksimal sutkalik doza — 11 tabletka.
Nojo‘ya ta'siri
Tavsiya etilgan dozalarga rioya qilinganida preparat yaxshi qabul qilinadi, shunga qaramay, juda kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar ro'y berishi mumkin: toshma, Kvinke shishi, anafilaktik reaksiyalar.
Dozani oshirib yuborish
Buyrak funksiyalari buzilgan bemorlarda preparatni yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llash gipermagniemiya, giperkalsiemiya, alkalozga olib kelishi mumkin bo'lib, bu esa ko'ngil aynishi, qayt qilish, mushaklar zaifligi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu holda preparatni to'xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri
:Antatsidlarni qo'llash paytida oshqozon shirasida kislota me'yorining o'zgarishi boshqa dorilarni bir paytning o'zida qabul qilganda so'rilish tezligi va darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun dori preparatlarini antatsidlarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak. Tetratsiklin qatori antibiotiklari, ftorxinolonlar, yurak glikozidlari, levotiroksin, temir preparatlari, ftoridlar, fosfatlar — bir vaqtda qo'llanilganda antatsidlar ushbu preparatlarning so'rilishini kamaytiradi. Tiazidli diuretiklar — antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda qon zardobidagi kalsiy kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilib borish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak funksiyalari buzilgan bemorlarga preparatni tayinlashda qon zardobidagi magniy, fosfor va kalsiy kontsentratsiyasini muntazam kuzatib borish kerak. Buyrak funksiyalari buzilgan bemorlarga preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilish tavsiya etilmaydi. Rennini yuqori dozalarda qo'llash buyrakda toshlar paydo bo'lishi xavfini oshirishi mumkin. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga ko'rsatma: 1 ta Renni tabletkasida 475 mg saxaroza mavjud. Agar preparatni qo'llash samarasiz kechsa, maslahat uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Avtomobil va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi
O'rami
Chaynash uchun tabletkalar 680 mg + 80 mg (blister)
6 ta tabletkadan termoqadoqlangan alyuminiy/PVX blisterda. Karton qadoqda 2, 4, 6, 8 va 16 blisterdan qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan.
12 ta tabletkadan termoqadoqlangan alyuminiy/PVX blisterda. Karton qadoqda 1, 2, 3, 4, va 8 blisterdan qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan.
Chaynash uchun tabletkalar 680 mg + 80 mg (strip)
2 ta tabletkadan PET/alyuminiy/PE stripda. Karton qadoqda 18 stripdan qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan.
Chaynash uchun tabletkalar [salqinlatuvchi ta'm] 680 mg + 80 mg (blister)
6 ta tabletkadan termoqadoqlangan alyuminiy/PVX blisterda. Karton qadoqda 2, 4, 6, 8 va 16 blisterdan qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan.
12 ta tabletkadan termoqadoqlangan alyuminiy/PVX blisterda. Karton qadoqda 1, 2, 3, 4, va 8 blisterdan qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.
Saqlash muddati
- Chaynash uchun tabletkalar: 5 yil
- Chaynash uchun tabletkalar [salqinlatuvchi ta'm]: 3 yil Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanilmasin.
Tarqatish shartlari
Reseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Chaynash uchun tabletkalar 680 mg + 80 mg (blister)
Chaynash uchun tabletkalar [salqinlatuvchi ta'm] 680 mg + 80 mg (blister)
Ro'yxatdan o'tkazilgan guvohnoma egasi: «BAYER» AJ, Rossiya.
Ishlab chiqarilgan: Delfarm Gayyard, 33, ryu d'Indyustri, 74240 Gayyard, Fransiya
Chaynash uchun tabletkalar 680 mg + 80 mg (strip)
Ro'yxatdan o'tkazilgan guvohnoma egasi: «BAYER» AJ, Rossiya.
Tayyor dori shaklini ishlab chiqarish: Delfarm Gayyard, 33, ryu d'Indyustri, 74240
Gayyard, Fransiya
Birlamchi, ikkilamchi qadoq va sifat nazoratini bajaruvchi: Bayer Bitterfeld
Gmbx, Ortshteyl Greppin, Salegaster shossesi 1, 1-12, 14-15, 06803 Bitterfeld-Wolfen, Germaniya
Iste'molchilar shikoyatlarini qabul qiluvchi tashkilot
"BAYER" AJ, Rossiya
107113, Moshkva sh. , 3-Ribinskaya k., 18-uy, 2-bino.
Tel.: +7 (495) 231-12-00
Faks: +7 (495) 231-12-02
O`zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelayotgan arz va takliflar bo`icha quydagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
OOO “DARO EXCLUSIVE”
100007, Toshkent sh. S.Mashxadiy ko`chasi 79uy, 3 etaj.
Yo'riqnomaning ushbu versiyasi 15.07.2016 dan boshlab kuchga kiradi