TIBBIYOTDA QO’LLANILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA RЕNNI®
Xalqaro patentlanmagan nomi yo’q Dori shakli
Apelsin ta’mli chaynaladigan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: kalsiy karbonati 680 mg; magniy karbonati asosiy, og’ir 80 mg.
yordamchi moddalar: saxaroza, oldindan jelatinlangan makkajo’xori kraxmali, kartoshka kraxmali, talk (E553b), magniy stearati (E572), yengil suyuq parafin, natriy saxarini (E954), apelsin aromatizatori.
Ta’rifi
Oq yoki sarg’ish-oq rangli, kvadrat shaklli, yuzalari ichkariga botgan, ikkala tomonidan “RENNIE” gravirovkasi bo’lgan, apelsin hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi.
Antasid vositalarinig boshqa majmualari
ATX Kodi: А02АX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dori vositalari antatsid vositalar: kalsiy karbonati va magniy karbonati saqlaydi. Ta’sir prinsipi mahalliy, ta’sir etuvchi moddalarni tizimli qon aylanishiga tushishiga bog’liq emas. Kalsiy karbonati neytralizatsiya qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Ushbu samara magniy karbonatini qo’shish bilan kuchaytiriladi, u ham neytralizatsiya qiluvchi ta’sirga ega. Ijobiy samaraga tezda erishishi tabletkalarning yaxshi eruvchanligi va kaltsiy karbonatini yuqori miqdorda saqlinishiga bog’liq. In vitro sharoitda kislotani neytralizatsiya qilish tadqiqotlari (sun’iy me’da modeli) Renni preparati me’daning pH ni 40 sekundda 1,5-2 dan pH 3 gacha oshirishini va 1 minut 13 sekundda pH 4 ga erishishi mumkinligini namoyish qilgan. Modelda erishilgan pH ning maksimal darajasi 5,24 ni tashkil qilgan.
Farmakokinetikasi
Renni preparatini me’da shirasi bilan o’zaro ta’siri natijasida me’dada kalsiy va magniyning eruvchan tuzlari hosil bo’ladi. Ushbu birikmalardan kalsiy va magniyni so’rilish darajasi preparatning dozasi va individual xususiyatlarga bog’liq. Maksimal so’rilish darajasi - 10 % kalsiy va 15-20 % magniy. Sog’lom shaxslarda so’rilgan kalsiy va magniyning oz miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak funksiyasini buzilishida plazmada kalsiy va magniy konsentratsiyasi darajasi oshishi mumkin. Ichakda turli me’daga tegishli bo’lmagan ovqat hazm qilish suyuqliklari eruvchan tuzlari erimaydigan shaklga aylantiradi, ular axlat bilan chiqariladi.
Qo’llanilishi
Jig’ildon qaynashi va kislotali refluksda qo’llanadi.
Qo’llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: bir martalik doza 1-2 tabletka, og’riqlarda – kuniga 4 dan 8 tabletkagacha. Tabletkani chaynash yoki to’liq erib ketgunigacha og’izda ushlab turish mumkin. Kuchli og’riqda doza qisqa vaqt kuniga 11 tabletkagacha oshirilishi mumkin. Dori vositasi qabul qilish davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak.
No’jo’ya ta’sirlari
Immun tizimi tomonidan: juda kam xollarda allergik reaksiyalar - toshma, eshakemi, qichishish, Kvinke shishi, hansirash va anafilaksiya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: buyrak funksiyasini buzilishi bo’lgan patsiyentlarda preparatning yuqori dozalarini uzoq vaqt qabul qilish dozani oshirib yuborilishi bilan bog’liq reaksiyalar – gipermagniyemiya, giperkalsiyemiya va alkaloz namoyon bo’lishiga olib kelishi mumkin.
MIY tomonidan: ko’ngil aynishi, qusish, me’da tomonidan buzilishlar, qabziyat va ich ketishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to’qima tomonidan: mushak kuchsizligi kuzatilishi mumkin.
Bernett sindromi (sut-ishqoriy sindrom) uchun xarakterli bo’lgan nojo’ya samaralar. MIY tomonidan: ta’m bilishni yo’qolishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: kalsinoz va asteniya. Nerv tizimi tomonidan: bosh og’rig’i. Buyrak va siydik chiqarish yo’llari tomonidan: azotemiya kuzatilishi mumkin.
Noxush reaksiyalar haqida xabar berish
Agar Sizda biron-bir noxush reaksiyalar yuzaga kelsa, shifokor bilan maslahatlashing. Ushbu tavsiya har qanday kuzatilishi mumkin bo’lgan noxush reaksiyalarga, shu jumladan tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnoma bilan birga sanab o’tilmagan reaksiyalarga taalluqli. Siz shuningdek noxush reaksiyalar haqida dori preparatlariga noxush reaksiyalar (ta’sirlar) bo’yicha, shu jumladan dori preparatlarirning samarasizligi haqida axborot ma’lumotlar bazasiga xabar berishingiz mumkin. Noxush reaksiyalar haqida xabar berib, Siz preparatning xavfsizligi haqida ko’proq ma’lumot olishga yordam berasiz.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Preparatning ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik; giperkalsiyemiya va/yoki giperkalsiyemiyaga olib keluvchi kasalliklar; kalsiy tuzlarini saqlovchi toshlar chaqirgan nefrolitiaz; og’ir buyrak yetishmovchiligi; gipofosfatemiyada qo’llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Tavsiya etilgan dozalarda ishlatilganda preparat homila yoki bolaga hech qanday xavf tug`dirmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir vaqtda qabul qilinganda ichga qabul qilinadigan boshqa dori vositalarini MIY da so’rilishi pasayadi. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida antatsidlarni boshqa dori vositalaridan alohida qabul qilgan afzal. Renni preparatini boshqa dori vositalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi: atsetilsalitsil kislotasi; antisekretor H2-antigistamin preparatlari; atenolol; metoprolol, propranolol; bisfosfonatlar; polistirolsulfonat natriyning kation almashinuvchi qatroni (uning kaliyni bog’lash xususiiyatini pasayishi, bu buyrak yetishmovchiligida metabolik alkaloz xavfini chaqiradi); xloroxin; siklinlar; yurak glikozidlari; dolutegravir (Renni preparatini dolutegravirni qabul qilgandan keyin kamida 2 soatdan keyin yoki kamida 6 soat oldin qabul qilish kerak); levotiroksin; eltrombopag; estramustin; etambutol; temir, stronsiy, rux, ftoridlar, fosfatlar saqlovchi preparatlar; feksofenadin; ftorxinolonlar; glyukokortikoidlar (o’rinbosar davolash sifatida gidrokortizondan tashqari), prednizolon va deksametazon uchun ta’riflangan; qalqonsimon bezi gormonlari; indometatsin; izoniazid; lansoprazol; linkozamidlar; fenotiazin neyroleptiklar; penitsillamin; sulpirid. Tiazid diuretiklari: kalsiyni siydik bilan chiqarilishini pasayishi tufayli giperkalsiyemiya xavfi mavjud.
Maxsus ko’rsatmalar va qo’llaganda ehtiyotkorlik choralari
Quyidagi simptomlardan bittasi yoki undan ko’prog’i bo’lganida patsiyentlarga shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi: tana vaznini kamayishi, yutishni qiyinlashishi yoki me’da sohasida doimiy diskomfort; birinchi marta paydo bo’lgan yoki o’zgargan ovqat hazm qilishni buzilishi; buyrak funksiyasini buzilishini mavjudligi (qon plazmasida kalsiy, fosfatlar va magniy darajasini muntazam tekshirish kerak), giperkalsiuriya. Saxaroza mavjudligi tufayli preparatni fruktozani o’zlashtiraolmaslik, glyukozo va galaktozani so’rilishini buzilishi, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bo’lgan patsiyentlarda qo’llash mumkin emas. Agar 10 kun davolagandan keyin simptomlar saqlansa yoki holat yomonlashsa, tekshiruv o’tkazish va o’tkazilayotgan davolashni qayta ko’rib chiqish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni uzoq vaqt qo’llash buyraklarda tosh hosil bo’lishi xavfini oshirishi mumkin. Preparatni 10 kundan ko’proq davolash uchun qo’llash mumkin emas: tiazid diuretiklari bilan birga qabul qilganda yoki sut yoki sut mahsulotlarini ko’p miqdorda qabul qilayotgan patsiyentlarda, ayniqsa uzoq vaqt qo’llaganda nojo’ya samaralar kuzatilgan. Agar bir marta qabul qilish kuniga 4-8 tabletkadan oshsa (ammo 11 tabletkadan oshmasa) davolash qisqa muddatli bo’lishi va simptomlar bartaraf etilgandan keyin to’xtatilishi kerak. Qandli diabeti bo’lgan bemorlar uchun ko’rsatmalar: 1 tabletka 475 mg saxaroza saqlaydi.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Hayvonlarda o’tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv funksiyaga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sirni namoyish qilmagan. Tavsiya etilgan dozalarda buyurilganda rivojlanish nuqsonlari yoki embriotoksik samaralarni yuzaga kelishi haqidagi ma’lumotlar aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, homilador ayollar tomonidan dori vositasini qabul qilish haqidagi ma’lumotlar kuzatilishi mumkin bo’lgan xavfni inkor etish uchun yetarli emas. Shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni buyurish faqat zarurat bo’lgan hollardagina ko’rib chiqilishi mumkin. Maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas, davolash davomiyligi 10 kungacha. Homilador ayollarga sut va sut mahsulotlarini ko’p miqdorda bir vaqtda iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi. Kalsiy va magniy ko’krak suti bilan ajraladi, ammo Renni preparatining terapevtik dozalari emizikli yangi tug’ilgan chaqaloqlar/go’daklarga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Qo’llash bo’yicha tavsiyalarga rioya qilinganda emizish mumkin. Dori vositasining transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo’q.
Dozani oshirib yuborilishi
Asosan buyrak funksiyasini buzilishi bo’lgan patsiyentlarda preparatning yuqori dozalarini uzoq vaqt qabul qilish buyrak yetishmovchiligi, gipermagniyemiya, giperkalsiyemiya va alkalozga olib kelishi mumkin, ular me’da-ichak yo’llari tomonidan simptomlar (ko’ngil aynishi, qusish, qabziyat) va mushak kuchsizlini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to’xtatish va yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishining og’ir holatlarida (masalan sut-ishqoriy sindrom) shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki suv muvozanatini tiklash bo’yicha qo’shimcha choralar (masalan infuziyalar) talab etilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
12 tabletkadan perforatsiyali blisterda (PVX/Al). 2 blisterdan
Saqlash sharoiti
25 ºС yuqori bo’lmagam haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi, manzil
Delfarm Gayar, 33 Ryu de L’industri, 74240 Gayar, Fransiya
Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasinig egasi, manzil
Bayer Konsyumer Ker AG, Peter Merian-Shtrasse 84, 4052 Bazel, Shveysariya
O’zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo’yicha e’tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
«SINOMED» 100017, Toshkent sh., S-5, 155-kottej. Tel.: +99871 244-96-00; faks: +99871 244-95-47. Е-mail: info@sinomed.uz